Ostforschung

Ostforschung (nemischa: [ˈɔstˌfɔʁʃʊŋ]; „sharqdagi tadqiqotlar“) – nemis tilida soʻzlashadigan asosiy mintaqalarning sharqidagi hududlarni oʻrganish masalasiga XVIII asrdan boshlab qoʻllaniladigan nemischa atamadir. Ostforschung nemislar hamda Germaniyaning polyaklar va Polshadan ustun ekanligini taʼkidlagan hamda bu tezisni isbotlashni maqsad qilgan[1]. Nemis ustunligi gʻoyasi va Prussiyaning polyaklar haqidagi stereotiplari ushbu tadqiqot sohasining asosiy gʻoyasi boʻlgan[2].

Anʼanaviy Ostforschung sababli zamonaviy nemis tarixchilarining obroʻsi tushib qoldi, chunki u koʻpincha oʻsha paytdagi Gʻarbiy Ye vropaning polyaklarga nisbatan notoʻgʻri qarashlarini aks ettirar edi. Ostforschung atamasi butun Sovuq urush davomida baʼzi jurnallar va institutlar nomlarida qoʻllangan, ammo 1990-yillarda aniqroq atamalar bilan almashtirildi (masalan, 1952-yilda tashkil etilgan Zeitschrift für Ostforschung jurnali 1994-yilda Zeitschrift für Ostmitteleuropa-Forschung deb oʻzgartirilgan).

1990-yillardan boshlab Ostforschungning oʻzi tarixiy tadqiqotlar mavzusiga aylana boshladi. Ostforschung anʼanasi endi nemis tarixchilari tomonidan obroʻsizlandiriradigan qarash sifatida qabul qilina boshlandi.

Ostforschung, shuningdek, Ikkinchi Jahon Urushidan oldin nemislari bosh targʻibotchisi Albert Brakman tomonidan tashkil etilgan koʻp tarmoqli tashkilotning nomi boʻlib, u natsistlarning genotsid siyosati, etnik tozalash va antisemitizm gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlagan. Brakman va boshqa bir nechta natsist va millatchi tarixchi va antropologlar Sharqiy Yevropa, asosan Ikkinchi Polsha Respublikasiga qaratilgan natsistik nemis tadqiqotlarini olib borganlar. Ahnenerbe tomonidan olib borilgan tadqiqotlar Generalplan Ostda nemis boʻlmagan mahalliy aholini etnik tozalash hamda genotsidni olib borilishida muhim rol oʻynagan.

  1. The German Minority in Interwar Poland By Winson Chu page 43-44. October 2012 Cambridge University Press
  2. The German Minority in Interwar Poland By Winson Chu page 44. October 2012 Cambridge University Press

Developed by StudentB